Jami murojaatlar: 3
Ko‘rib chiqilmoqda: 1
Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 2
Yil boshidan jami murojaatlar: 37
Ijrodagi murojaatlar: 4
Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 33
Kommunal xizmatlar
tariflari
Foydali resurslar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.
    press-service.uz

  • O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali.
    gov.uz

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi.
    parliament.gov.uz

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati.
    senat.uz

  • O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi.
    soliq.uz

  • O'zbekiston milliy axborot agentligi.
    uza.uz

  • O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi
    stat.uz

  • Fuqarolik jamiyatini shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti
    nimfogo.uz

O‘ttiz turdagi muzqaymoq

Yurtimizda Navro‘z nafasi kezayotgan shu kunlarda Termiz shahrida “Saidjon-Muhammadjon muzqaymoqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aholini arzon, sifatli, raqobatbardosh oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

“Saidjon-Muhammadjon muzqaymoqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham xususiy sektorga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanib, 1 million 200 ming AQSh dollarilik sarmoya evaziga xorijdan zamonaviy texnologiya xarid qildi. Kuniga o‘n tonnagacha muzqaymoq ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona mahsulotlari sifati va xushta’mligi, narxining arzonligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

– O‘ttiz turdagi muzqaymoq ishlab chiqarib, zamonaviy usulda qadoqlamoqdamiz, – deydi korxona rahbari O‘.Sattorov. – Kelgusida ishlab chiqarish hajmi va mahsulot turini yanada oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirganmiz. Jumladan, 250 ming dollar qiymatidagi xorij texnologiyasini o‘rnatib, sut kukuni va 15 turdagi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Buning natijasida yana yuzdan ortiq yosh ish bilan ta’minlanadi.

Shu paytga qadar Surxondaryo viloyatiga muzqaymoq asosan Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlardan keltirilar edi. Yangi korxona ish boshlashi bilan bu masala o‘z yechimini topdi. Aholini sifatli mahsulot bilan uzluksiz ta’minlash uchun tuman markazlarida korxonaning ulgurji savdo shoxobchalari tashkil etildi. Bu yuzdan ortiq o‘g‘il-qizni ish bilan ta’minlash imkonini berdi. Ularning aksariyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitirgan yoshlar.

– Termizdagi 2-akademik litseyda tahsil olganman, – deydi F.Allaxonova. – Yangi korxonada zamonaviy uskunalarni boshqarishni tezda o‘zlashtirib oldim. Bu yerda samarali ishlash uchun barcha sharoit yaratilgan. Tumanlardan kelgan ishchilar uchun shinam yotoqxona ham mavjud.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T.Mamaraimov so‘zga chiqdi.

Manba: www.uza.uz

85 | 16-03-2015, 16:30 | Chop etish