Turizm

MUHAMMAD HAKIM TERMIZIY

         
       Al-Hakim at-Termiziy maqbarasi - Termizdagi me’moriy yodgorlik (9-15 asrlar). Allomaning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bishr ibn Horun Hakim Termiziy (taxm. 205-318/820-932). Isom dini ilmlariga ulkan hissa qo‘shgan mashhur olim. Otasi Ali ibn Hasan Bag‘dod, Makka, Ko‘fa kabi o‘z davrining yirik ilmiy markazlarida faoliyat ko‘rsatgan muhaddis.




ABU ISO TERMIZIY


       Allomaning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savro ibn Muso ibn Zahhok Sulamiy Termiziy Bug‘iy bo‘lib, Termiz qishloqlaridan biri bo‘lgan “Bug‘”da 824 yilda tug‘ilgan. O‘zidan rivoyat qilinishicha, bobosi Marvdan Termizga ko‘chib o‘tgan. Sakkiz Termiziy nisbasidagi olimdan 54 hadis rivoyat qilganidan yoshligida Termizda ta’lim olgani kelib chiqadi. Ilm safarlari 846-849 yillarda boshlangan.  Iroqning markaziy shaharlari (Ko‘fa, Basra, Bag‘dod, Vosit) va Hijozga (Makka va Madina) safar qilgan, Shom va Misrga borgani haqida ma’lumot yo‘q. 

ALOUDDIN ATTOR  

     Allomaning to’liq ismi Muhammad ibn Muhammad Buxoriy. Asli Xorazmdan. Boy oiladan bo’lsa-da, ota merosidan voz kechib, ilm yo’liga kiradi. Shahobiddin va Muborak ismli inilari bo’lgan. Madrasada o’qib yurgan kezlarida Bahouddin Naqshbandga murid bo’lgan va tariqat ta’limiga kirishgan. 


SOFI OLLOYOR
      Oltinsoy tumani Katta Vaxshuvor qishlog’i (Surxondaryo)dagi me’moriy yodgorlik (1713) So’fi Olloyor nomi bilan bog’liq.  U zot 1644 yilda hozirgi Samarqanddagi Kattaqo’rg’on bekligi, Mingiya yoki Minglan qishlog’i So’fiy guzarida tug’ilgan. O’zbeklarning Mingiya nomli urug’idan.


XOJA SAMANDAR TERMIZIY 

     Shoir, tarixchi va davlat arbobi. To’liq ismi Muhammad ibn Baqo, taxallusi Samandar, taxminan 1638 yilda Termiz atrofida, hozirgi Qumqo’rg’on tumanidagi Qopto’qay qishlog’ida Termiz sayyidlari oilasida dunyoga kelgan. Termiz va Buxoroda ta’lim olgan. Narpayda qozilik qilgan (1660-1662). 


 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK