» Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish
Murojaat yo`llash

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas'ul shaxs:

Doniyorov Bahodir Berdiboyevich

Viloayat hokimligi ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi (Qabulxona mudiri). Mazkur vazifada 2018 yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi.

Termiz sh. At-Termiziy ko‘chasi 1 uy, 190100

Telefon: 0 (376) 224-22-91

E-mail: qabulxona@sdv.uz

Fuqarolarni qabul qilish kunlari:

Viloyat hokimi qabulxonasida fuqarolar har kuni ertalab soat 9.00 dan kech soat 18.00 gacha, shanba kunlari viloyat hokimligi binosida (1-qavat) soat 9.00 dan 13.00 gacha qabul qilinadilar (shanba - yakshanba dam olish kuni kechiktirib bo‘lmaydigan murojaatlar navbatchi tomonidan qabul qilinadi).

Diqqat kechiktirib bo'lmaydigan murojaatlarni qisqa 1088 ishonch telefoni orqali dam olish kunlarisiz 24 soat davomida og'zaki qabul qilinadi va «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonun talablari doirasida ko'rib chiqiladi.


YIDX orqali "Yuridek va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish" xizmatidan foydalanish.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish REGLAMENTI (*.pdf - 130 kb)


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktyabrdagi 366-sonli “Vazirlik va idoralar, xo’jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonun talablarini so’zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to’g’risida” Qarori 


O’zbekiston Respublikasining  2014- yil 3- dekabrdagi O’RQ-378-sonli “ Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni


Surxondaryo viloyati hokimligi


Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz  shahri, At-Termiziy 1-uy.  
Telefon: 0 376 224-22-91, 224-02-89, 1088   

1. Viloyat hokimligi devonxonasi jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlar bilan ishlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni hamda viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan “Surxondaryo viloyat hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarningmurojaatlarini ko’rib chiqish va ularni qabul qilish tartibi” asosida amalga oshiriladi.

2. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas’uliyat viloyat hokimi o’rinbosarlari, Ishlar boshqarmasi, guruh rahbarlari va kotibiyat mudirlari zimmasiga yuklanadi.

3. Viloyat hokimligida jismoniy va yuridik shaxslar viloyat hokimi, hokim o’rinbosarlari, kotibiyat, bo’lim va guruh rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali jismoniy va yuridik shaxslar  e’tiboriga yetkaziladi.

4. Viloyat hokimi va hokim o’rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni hududlarda maxsus jadval asosida “Sayyor qabul” uchrashuvlarda ham qabul qiladi.

5. Har bir jismoniy va yuridik shaxsning qabulidan so’ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan jismoniy va yuridik shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, istiqomat qiladigan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo’yiladi. Qabulda ko’tarilgan muammo hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik ishlar boshqarmasining tegishli bo’linmasi tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.

6. Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishni tashkil etish uchun mas’uliyat viloyat hokimligi Ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi zimmasiga yuklatiladi.

7. Ishlar boshqarmasi viloyat hokimligiga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilib oladi, mazmuniga qarab viloyat hokimi topshirig’i loyihasini tayyorlaydi va shaxsan viloyat hokimi ko’rib chiqishi uchun taqdim etadi. Viloyat hokimi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatini o’rganish bo’yicha berilgan topshiriq viloyat hokimligi devonxona ishlar boshqarmasida ro’yxatdan o’tkaziladi va tegishli ijrochilarga yetkaziladi.Ushbu jarayon viloyat hokimligi ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi tomonidan shaxsan nazorat qilinadi. Viloyat hokimi o’rinbosarlari yoki hokimlik devonxonaning bo’linmalari rahbarlari nomiga kelgan murojaatlar ham viloyat hokimligi Ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi tomonidan xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi va nazoratga olinadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o’rganib chiqish uchun viloyat hokimi yoki ushbu murojaat ko’rib chiqish uchun yuborilgan hokim o’rinbosari tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin.

8. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari viloyat hokimligiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi (qo’shimcha o’rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno) va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o’n kun muddat ichida ma’lum qilinadi.
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari viloyat hokimligiga kelib tushgan kunidan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddat ichida, qo’shimcha o’rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o’n besh kundan kechiktirmay ko’rib chiqiladi.
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish uchun tekshirish o’tkazish, qo’shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan hollarda, murojaatni ko’rib chiqish muddati viloyat hokimi tomonidan istisno tariqasida uzog’i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
- Viloyat hokimligiga qabulga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo’yicha o’sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko’rib chiqilishi natijalari to’g’risida murojaat mualliflariga yozma shaklda xabar berilishi ham mumkin.

9. Jismoniy va yuridik shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilmagan yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko’rsatilgan, shuningdek, imzo qo’yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko’rib chiqilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida qo’yilgan masalalarni hal etish viloyat hokimligining vakolatiga kirmaydigan bo’lsa, uzog’i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo’natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi. 



 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK