» Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funktsiyalari va asosiy faoliyati, ularda fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi to'g'risida axborotlar taqdim etish
Murojaat yo`llash

Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funktsiyalari va asosiy faoliyati, ularda fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi to'g'risida axborotlar taqdim etish

 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish REGLAMENTI (*.pdf - 130 kb)

Surxondaryo viloyati hokimligi qabul kunlari

Surxondaryo viloyati hokimi -  Pulatov Baxodir Baxtiyarovich

Qabul kunlari: Har xaftaning shanba kuni tasdiqlangan rejaga muvofiq viloyatning shahar va tumanlarida o'tkaziladigan sayyor qabullarda

Soat 08:00 dan 11:00 gacha

Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - Bobolov To‘ra Abdievich

Har xaftaning juma kuni viloyat Xalq qabulxonasi binosida

Soat 08:00 dan 11:00 gacha


Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Amirov Alisher Xurramovich

Har xaftaning seshanba kuni viloyat Xalq qabulxonasi binosida

Soat 08:00 dan 11:00 gacha


Hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Oripov Anvar Xomitovich

Har xaftaning dushanba kuni viloyat Xalq qabulxonasi binosida

Soat 14:00 dan 17:00 gacha


Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Axunov Ulug'bek Abdumutalovich

Har xaftaning chorshanba kuni viloyat Xalq qabulxonasi binosida

Soat 08:00 dan 11:00 gacha


Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari - Choriev Ruzimurat Kungratovich

Har xaftaning payshanba kuni viloyat Xalq qabulxonasi binosida

Soat 14:00 dan 17:00 gacha


Viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari - Qobilov O'ktam Pardaevich

Har xaftaning dushanba kuni viloyat Xalq qabulxonasi binosida

Soat 08:00 dan 11:00 gacha


Viloyat hokimining o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi - Qobulova Mavluda Umarjonovna

Har xaftaning payshanba kuni viloyat Xalq qabulxonasi binosida

Soat 08:00 dan 11:00 gacha


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi

1. Viloyat hokimligi devonxonasi jismoniy va yuridik shaxslarning og'zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlar bilan ishlash hamda jismoniy va yuridik shahslarni qabul qilish O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuni hamda viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent viloyat hokimligidajismoniy va yuridik shahslarning  murojaatlarini ko'rib chiqish va ularni qabul qilish tartibi” asosida amalga oshiriladi.

2. Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas'uliyat viloyat hokimi o'rinbosarlari, Umumiy bo'lim, guruh rahbarlari va kotibiyat mudirlari zimmasiga yuklanadi.

3. Viloyat hokimligida jismoniy va yuridik shahslar viloyat hokimi, hokim o'rinbosarlari, kotibiyat, bo'lim va guruh rahbarlari 

tomonidan jismoniy va yuridik shahslarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Jismoniy va yuridik shahslarni qabul qilish viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali jismoniy va yuidik shahslar  e'tiboriga etkaziladi.

4. Viloyat hokimi va hokim o'rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shahslarni hududlarda maxsus jadval asosida “Sayyor qabul” uchrashuvlarda ham qabul qiladi.

5. Har bir jismoniy va yuridik shahsning qabulidan so'ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan jismoniy va yuridik shahsning familiyasi, ismi, otasining ismi, istiqomat qiladigan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo'yiladi. Qabul varaqasi umumiy bo'limda ro'yxatdan o'tkaziladi. Qabulda ko'tarilgan muammo hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik devonxonaning tegishli bo'linmasi va umumiy bo'lim rahbarlari tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.

6. Jismoniy va yuridik shahslarni qabul qilishni tashkil etish uchun mas'uliyat viloyat hokimligi Umumiy bo'lim bosh mutaxassisi 

zimmasiga yuklatiladi.

7. Umumiy bo'lim viloyat hokimligiga kelgan jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlarini qabul qilib oladi, mazmuniga qarab viloyat hokimi topshirig'i loyihasini tayyorlaydi va shaxsan viloyat hokimi ko'rib chiqishi uchun taqdim etadi. Viloyat hokimi tomonidan jismoniy va yuridik shahslarni murojaatini o'rganish bo'yicha berilgan topshiriq viloyat hokimligi devonxona ishlar boshqarmasida ro'yxatdan o'tkaziladi va tegishli ijrochilarga etkaziladi. Ushbu jarayon viloyat hokimligi umumiy bo'lim bosh mutaxassisi tomonidan shaxsan nazorat qilinadi. Viloyat hokimi o'rinbosarlari yoki hokimlik devonxonaning bo'linmalari rahbarlari nomiga kelgan murojaatlar ham viloyat hokimligi umumiy bo'lim bosh mutaxassisi tomonidan xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi va nazoratga olinadi. Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlarini o'rganib chiqish uchun viloyat hokimi yoki ushbu murojaat ko'rib chiqish uchun yuborilgan hokim o'rinbosari tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin.

 8. Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari viloyat hokimligiga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi (qo'shimcha o'rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno) va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o'n kun muddat ichida ma'lum qilinadi.

- Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari viloyat hokimligiga kelib tushgan kunidan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddat ichida, qo'shimcha o'rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o'n besh kundan kechiktirmay ko'rib chiqiladi.

- Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlarini ko'rib chiqish uchun tekshirish o'tkazish, qo'shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko'rish zarur bo'lgan hollarda, murojaatni ko'rib chiqish muddati viloyat hokimi tomonidan istisno tariqasida uzog'i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma'lum qilinadi.

- Viloyat hokimligiga qabulga kelgan jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari bo'yicha o'sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko'rib chiqilishi natijalari to'g'risida murojaat mualliflariga yozma shaklda xabar berilishi ham mumkin.

9. Jismoniy va yuridik shahsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko'rsatilgan, shuningdek, imzo qo'yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi.

     Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlarida qo'yilgan masalalarni hal etish viloyat hokimligining vakolatiga kirmaydigan bo'lsa, uzog'i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo'natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.


Ismi-sharifi: Doniyorov Bahodir Berdiboyevich
Viloyat hokimligi Ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi (Qabulxona mudiri)
Manzil: Termiz sh, At-termiziy ko'chasi 1-uy
Telefon: 0 (376) 224-22-91


 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK