» Haj va Umra ziyoratini tashkil etish tartibi, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinishini tashkil etilganligi to'g'risidagi axborotlarni berish
Murojaat yo`llash

Haj va Umra ziyoratini tashkil etish tartibi, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinishini tashkil etilganligi to'g'risidagi axborotlarni berish

Surxondaryo viloyati fuqarolari diqqatiga!

    Haj safariga borish uchun ro'yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi hamda vazifalar. Haj safariga borish uchun navbat ro'yxatiga kirish bo'yicha fuqarolar doimiy turar joyidagi mahalla fuqarolar yig'iniga murojaat etishi lozim.

      Mahalla fuqarolar yig'inlariga fuqarolarni Haj safariga borish istagida bo'lgan fuqarolarni ro'yxatga olishda quyidagi vazifalar yuklatilgan:

- fuqaro Haj safariga borish uchun ariza bilan mahalla fuqarolar yig'iniga murojaat etish va unga 2 ta (3,5 x 4,5 Hajmda) fotosurat, pasport nusxasini ilova qilish;

-   mahalla fuqarolar yig'ini huzuridagi Haj komissiyasi fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o'rganib chiqish;

- yil davomida Haj safariga borish bo'yicha murojaat etgan fuqarolarni mahalla fuqarolar yig'ini tomonidan tikilgan, raqamlangan, muhrlangan, imzolangan daftarga tartib asosida ro'yxatga olish, unda ro'yxatga faqat O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini qayd etish hamda doimiy istiqomat qiladigan manziliga ko'ra olish;

- mahalla fuqarolar yig'ini tomonidan maxsus tikilgan, raqamlangan, muhrlangan daftardan ketma-ketlikda tuman Haj jamoatchilik Kengashiga berilgan kvotaga asosan tavsiya qilish.

Mahalla fuqarolar yig'ini Haj safariga borish uchun tavsiya etishda quyidagilarni amalga oshiradi:

- belgilangan kvotaga va maxsus tikilgan, raqamlangan, muhrlangan daftardagi navbatga rioya etish;

- ro'yxatga Haj safariga bormagan hamda 40 yoshdan oshgan fuqarolarni tavsiya etish;

- tavsiya etilayotgan fuqaroning salomatligi bo'yicha oilaviy poliklinika va tibbiyot muassasalarining xulosalarini olish;

- tavsiya etishda mahalla fuqarolar yig'inida arizachilar ishtirokida muhokama qilish;

- ayollarni tavsiya etishda mahram masalasiga e'tibor berish;

(Izoh: 46 yoshgacha bo'lgan ayol kishi uchun mahram qoida tariqasida otasi, akasi, ukasi, turmush o'rtog'i, o'g'li bo'lishi mumkin hamda Saudiya Aribistoni Podshohligining talabiga asosan 46 yoshdan oshgan ayoldan mahram talab etilmaydi).

- tavsiya etilgan fuqaroning tegishli hujjatlarini o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirib, tuman Haj jamoatchilik Kengashiga taqdim etish.

Tuman Haj jamoatchilik Kengashining vazifalari:

- mahalla fuqarolar yig'inlari huzuridagi Haj komissiyasi ishini muvofiqlashtirish, uslubiy yordam berish va adolat mezonlari buzilmasligini nazorat qilish;

- Surxondaryo viloyati Haj jamoatchilik Kengashi tomonidan berilgan kvotani mahallalarga taqsimlash;

- mahalla fuqarolar yig'ini huzuridagi Haj komissiyasi tomonidan belgilangan kvotaga asosan tavsiya etilgan fuqarolarning hujjatlarni olish va umumlashtirish;

- tavsiya etilgan fuqarolarning hujjatlarini ko'rib chiqish;

- Haj safariga borish uchun fuqarolar ro'yxati va ularning hujjatlarini so'ralgan muddatda Surxondaryo viloyati Haj jamoatchilik Kengashiga taqdim etish;

- fuqarolarning Haj safariga borish bo'yicha tavsiya qilish bilan bog'liq masalasiga doir ariza, taklif va shikoyatlarini ko'rib chiqib, javob berish.

Surxondaryo viloyati Haj jamoatchilik Kengashining vazifalari

- Tuman Haj jamoatchilik kengashlari ishini muvofiqlashtirish, uslubiy yordam berish va adolat mezonlari buzilmasligini nazorat qilish;

- Respublika Haj Jamoatchilik kengashi tomonidan Surxondaryo viloyatiga ajratilgan kvotadan kelib chiqib, belgilagan yilda Haj safariga fuqarolarni yuborish uchun tumanlar kesimida kvota ishlab chiqish eamda taqdim etish;

- belgilangan yil uchun tuman Haj jamoatchilik Kengashidan ro'yxat va hujjatlarni olish hamda ularni o'rnatilgan tartibda belgilangan muddatda Respublika Haj jamoatchilik Kengashiga taqdim etish;

- Haj masalasiga oid fuqarolarning yozma va og'zaki murojaatlarini ko'rib chiqish;

- Haj safariga borib kelgan fuqarolarning hisobini yuritish va monitoring qilish.

Tavsiya etish jarayonida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:

- navbatdagi fuqarolar bilan Haj safariga borishi va unga qo'yiladigan talablar bo'yicha suhbat uyushtirish;

- 46 yoshgacha bo'lgan ayollarning mahrami mavjudligiga e'tibor qaratish;

- fuqaroning pasporti belgilangan talabga javob berishi, chiqish vizasi mavjudligi va muddatini ko'rib chiqish;

- fuqaro Saudiya Aribistoni Podshohligiga borib kelish va belgilangan amallarni bajarish uchun salomatligi to'g'ri kelishi bo'yicha tibbiy ko'rikdan o'tkazish va xulosa olish;

- yuqoridagi vazifalar bajarilgandan so'ng, fuqarodan Haj safariga borish uchun belgilangan pul to'lovini qabul qilish; (Izoh: To'lovni o'rnatilgan muddatda amalga oshirmagan fuqaro ro'yxatdan chiqariladi).

- Respublika Haj jamoatchilik Kengashining talablari asosida Haj safariga borish uchun to'lovni amalga oshirgan fuqarolarning hujjatlarini tayyorlash va taqdim etish.

Haj safariga borish yuzasidan murojaat etayotgan fuqaroga ro'yxatga kiritish, tavsiya etish, tibbiy ko'rikdan o'tkazish va Haj bilan bog'liq boshqa masalalar uchun biron ish yuklash yoki mablag' talab qilish qat'iyan man etiladi.

Murojaat uchun: Surxondaryo viloyati Haj va Umra jamoatchilik Kengashiga murojaat etishingiz mumkun.

Viloyat Haj va Umra jamoatchilik kengashining mas’ul kotibi Choriyev Rustam Gafurovich

Bundan tashqari shahar va tuman hokimligiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telefon: 0 (376) 223-34-96



T/r

Bo'linma nomi

Rahbar F.I.SH

Telefon

E-mail

1

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi boshqaruvi

Bobojonov Otabek Chorievich

0 (376) 227-11-66, 227-09-01

suv.mahallafond@umail.uz

2

Angor tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Bozorov Jumanazar Abduraimovich

0 (376) 312-16-79

angor.mahallafond@umail.uz

3

Boysun tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Mavlonov Farxod Rasulovich

0 (376) 335-39-48

boysun.mahallafond@umail.uz

4

Denov tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Safarov O'ral Tursunovich

0 (376) 413-39-96

denov.mahallafond@umail.uz

5

Jarqurg'on tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Asadov Sulton Qambarovich

0 (376) 432-25-86

jar.mahallafond@umail.uz 

6

Qumqurg'on tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Jumaev Turob Berdievich

0 (376) 465-23-85 

qum_mahallafond@inbox.uz 

7

Qiziriq tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Umbarova Gulasal Ruzamatovna

0 (376) 359-11-58

qiz.mahallafond@umail.uz 

8

Muzrobot tumani “Maxalla” xayriya jamoat fondi

Farmonov Shoim Omonovich

0 (376) 949-19-58

muz.mahallafond@umail.uz 

9

Oltinsoy tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Hakimov Yusuf Muhammadievich

0 (376) 477-73-91

oltin.mahallafond@umail.uz 

10

Sariosiyo tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Xamdamova Nasiba Mirzaraimovna

0 (376) 487-64-56

sar.mahallafond@umail.uz 

11

Termiz tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Narsaev Shafoat Tojievich

0 (376) 363-25-36

tt.mahallafond@umail.uz 

12

Uzun tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Yarmatov Astanaqul Altibaevich

0 (376) 447-31-65

uzun.mahallafond@umail.uz 

13

Sherobod tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Muxammadiev Abduraim Pardaevich

0 (376) 322-23-21

shermahalla@inbox.uz 

14

Sho'rchi tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Safarov Sherali Qudratovich

0 (376) 457-42-07

shurchifond@inbox.uz 

14

Termiz shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Bobomurod Xamdam Qo'ldoshivich

0 (376) 224-25-71

suv.shaharfond@mail.ru


 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK