Surxondaryoda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi boshqarma va tashkilotlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan seminarlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi seminar “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali va viloyat Ekologiya boshqarmasida o‘tkazildi. Tadbirda Agentlik mas’ullari mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning samarasi xususida batafsil ma’lumot berdi.

Seminar mobaynida korrupsiyani yuzaga keltiruvchi holatlar, ularning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, korrupsiya holati natijasida yuzaga kelgan jinoyatlar oqibati, ushbu holatlar uchun belgilangan jazo va choralar to‘g‘risida ham atroflicha so‘z yuritildi.