Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining bo‘shab qolgan o‘rniga deputat saylovi o‘tkazilmoqda

Bugun, 26-mart kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2023 yil 21 fevraldagi qaroriga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-Minor va 60-Fayzova saylov okruglarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputat saylovi bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu saylovlarda 22-Minor, 60-Fayzova saylov okruglariga qarashli 26 ta saylov uchastkalarida amaldagi talablar asosida ovoz berish jarayonlari o‘tkazilmoqda.

Saylovlarda 5 ta siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligi uchun 2 ta saylov okrugida teng sharoit va imkoniyatlar asosida sog‘lom raqobat olib borishmoqda.

Saylov jarayonlarini deputatlikka nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan jami 30 ga yaqin kuzatuvchilar kuzatib boryapdi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov Komissiyasi

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.