Surxondaryoda birinchi terini qayta ishlash korxonasi ish boshladi. Endi chorva mollari terisiga xaridor bor

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Angor tumanida avval Surxondaryoda bo‘lmagan charmdan poyabzal va charm- attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi.

Italiya texnologiyasi bilan jihozlangan korxonaning umumiy qiymati 23 mln dollar bo‘lib, yiliga 1,2 mln kv metr tayyor charm, 450 ming juft poyabzal, 250 ming dona charm-attorlik mahsulotlari, 5 ming tonna jelatin ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu degani shu paytgacha chiqindiga chiqarilgan yoki kam miqdorda, arzon narxlarda boshqa hududlarga sotib yuborilgan chorva mollari terilari endi o‘zimizda qayta ishlanadi. Muhimi aholi chorva mollari terisini sotib daromad topish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov nuroniylar va faollar bilan mazkur korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Loyihaning birinchi bosqichida 210 ta doimiy ish o‘rinlari yaratilgan. Ishchi xodimlar uchun yotoqxona, 20 o‘rinli o‘quv markazi, oshxona va boshqa sharoitlarga ega yordamchi binolar zamon talablari asosida tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, “Top Qualty Brand” MChJ tomonidan tashkil etilgan mazkur korxonada qayta ishlangan teri mahsulotlari 100 foiz Ozarboyjon, Turkiya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Portugaliya, Germaniya kabi davlatlarga eksport qilinadi. Yillik eksport hajmi 15 mln dollarni, budjetga tushum miqdori 4 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/