Ulug‘bek Qosimov: "G‘allakorlar mehnatini qadrlasak, nonimiz mo‘l, ustimiz but bo‘laveradi"

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash manbai bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, mutaxassislar va mehnatkashlari bilan uchrashish maqsadida Muzrabot, Qiziriq va Sherobod tumanlarida bo‘ldi.

- Hozirgi murakkab va tahlikali bir davrda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli har bir daqiqani g‘animat bilib, asosiy oziq-ovqatimizdan biri bo‘lgan, g‘alla hosildorligi uchun hozirdan, bugundan qattiq mehnat qilishimiz kerak. Bunda bizga eng yaqin ko‘makchilar mexanizator va suvchilardir. Mutasaddilar esa ularning mehnatini doimo qo‘llab-quvvatlashi kerak. G‘allakorlar mehnatini qadrlasak, nonimiz mo‘l, ustimiz but bo‘laveradi, – deya ta’kidladi viloyat rahbari hududlarga tashrifi chog‘ida.

Tanishuvlar davomida o‘z mehnati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan mexanizatorlar viloyat hokimligining sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, hududlarda suv sarfini kamaytirish, yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ariqlarni betonlash ishlarining borishi ham ko‘zdan kechirildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘p yillik tajribaga ega faxriylar bilan suhbat qilinib, ularning maslahatlari olindi. Mutasaddilarga berilgan maslahat va tavsiyalar asosida ishlarni tashkil etish topshirildi.

Viloyat rahbari bo‘sh maydonlar, ariq va zovurlar bo‘ylarida tut ko‘chatlari ekish tadbirlarida ham ishtirok etdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/