Ulug‘bek Qosimov: “Prezidentimiz belgilab berganidek, kasallikning oqibati bilan emas, kelib chiqish sabablari bilan kurashishimiz va aholining tibbiy madaniyatini oshirishimiz zarur!”

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17 noyabr kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida aholi salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish, kasalliklarning kelib chiqish sabablari bilan kurashish va aholining tibiiy madaniyatini oshirish bo‘yicha Surxondaryo tajribasini yaratish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi. 

Shu maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, “Zartepa” mahallasidagi “Zang” oilaviy shifokorlik punktida tibbiyot mutaxassislari tomonidan hududdagi kasalliklar dinamikasini o‘rganish natijalari, kelgusida kasalliklarning birlamchi oldini olish borasida amalga oshiriladigan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, ushbu mahallada Termiz shahri va tumanlar tibbiyot birlashmalariga ikkitadan jami 30 ta «Volkswagen Caddy» maxsus avtomashinalarini topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, “Angor baraka savdo markazi”da viloyatdagi tibbiyot sohasiga mas’ul mutasaddilar, patronaj hamshiralar ishtirokida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish, kasalliklarning oldini olishda Surxondaryo tajribasini yo‘lga qo‘yish borasidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi. O‘tkazilgan o‘rganish natijalari asosida ishlarni tashkil etish, aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish borasida viloyatni namunali hududga aylantirish va tibbiy madaniyatni oshirish borasida vazifalar belgilab berildi.

Viloyat rahbari tumanga tashrifi doirasida 1-sonli kasb-hunar maktabida ham bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarning borishi bilan tanishdi. Yoshlarga kelajakda o‘z hayot yo‘llarini topishlari uchun talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘rgatish lozimligi qayd etildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/