Termiz shahrida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Xabar berganimizdek, joriy yil 22-23 noyabr kunlari Termiz shahrida Turkiya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Jazoir, Quvayt, Marokash, Qatar, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya singari 20 ga yaqin xorijiy davlatlar, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlaridan taniqli ulamolar, yetuk olimlar, ilmiy tadqiqot markazlari vakillari ishtirokida “Imom Buxoriy, Dorimiy va Termiziy: muhaddislikning Movarounnahr maktabi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Bugun xalqaro ilmiy konferensiyaning asosiy tadbirlari, yalpi va shu’ba yig‘ilishlari o‘tkazildi. Konferensiya yalpi majlisining ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini vohaga tashrifi bilan qutladi. Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, muqaddas qadamjolarni obod qilish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, konferensiya ishida muvaffaqiyat tiladi. 

Xalqaro ilmiy konferensiya majlisida ishtirok etgan taniqli ulamolar, yetuk olimlar 2 ta sho‘baga bo‘lingan holda “Hanafiy usulida hadis istilohlari – Kosoniy misolida”, “Xalqaro ilmiy–tadqiqot markazlari: mushtarak maqsad yo‘lida”, “Imom Dorimiy va Imom Buxoriy o‘rtasidagi ilmiy aloqalar”, “Imom Moturidiy “Ta’vilot-ul Qur’on” asarida hadislardan foydalanish uslublari” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilishdi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/