Prezident topshirig‘i ijrosi: Surxondaryoda mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda
Prezidentimiz huzurida joriy yil 26 sentabr kuni o‘tkazilgan mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mahallada “yettilik” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan edi. Davlatimiz rahbari joriy yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryoga tashrifida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha sektor rahbarlarining axborotini tinglab, "yettilik" faoliyatini namunali tashkil etish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab berdi.
Bugun viloyatimizning 6 ta hududida mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, ularning vazifa va majburiyatlarni tushuntirish, ishlarni namunali yo‘lga qo‘yish hamda kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan seminarlar tashkil etilmoqda.
Dastlabki seminar Termiz shahrida mahalla raislari uchun o‘tkazildi. Seminar ishtirokchilari “O‘zbekiston” mahallasida namunali tashkil etilgan mahalla “yettiligi”, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati va “Vatanparvarlar” bog‘i bilan tanishishdi.
Shundan so‘ng, Termiz shahridagi “San’at saroyi”da viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida mahalla “yettiligi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishda mahalla raislarining o‘rni va vazifalari muhokama qilindi. Ularga yuklatilgan vazifalar yuzasidan soha mutasaddilari tomonidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, viloyatda mahallalar obodligini ta’minlash bo‘yicha “dolzarb 10 kunlik” e’lon qilindi. Unda barcha mahallalar, ko‘chalar va xonadonlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish topshirildi hamda tadbirlarni uyushqoqlik bilan sifatli tashkil etish bo‘yicha mahalla raislariga vazifalar yuklandi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida 724 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz
3 izoh