Ulug‘bek Qosimov: “Viloyatimiz rivojida faollar va ijrochilar bir yoqadan bosh chiqarib, bir musht bo‘lib harakat qilsak betakror vohamiz katta o‘zgarishlarga yuz tutadi”

Bugun Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlar hokimlari, tashkilot va boshqarmalar mutasaddilari ishtirokida OAV vakillari hamda blogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Joylarda mavjud muammolarni bor holaticha ochib berish, ularni hal etishda bilan manzilli ishlash maqsadida viloyat rahbari tashabbusi bilan vohaning barcha darajadagi rahbari ishtirokida jurnalist, bloger hamda faollar bilan ijtimoiy tarmoqda aloqa guruhlari tashkil etildi. O‘tgan davr mobaynida ko‘plab muammolar ushbu aloqa guruhi orqali hal etilishiga, joylardagi muammolar yechilishiga erishildi.

Biroq ayrim mas’ullarning o‘z vazifasiga sovuqqonligi sabab ko‘tarilayotgan masalalar yechimini kutib qolayotganligi, buning ortidan aholi o‘rtasida davlat boshqaruvi organlariga ishonchsizlik yuzaga kelayotganligi qayd etildi. Ochiq muloqot davomida shu kabi masalalar muhokama qilinib, ayrim rahbarlarga ogohlantirish berildi.

Hududlar va tarmoqlar rahbarlariga Surxondaryoda Prezidentimiz yuritayotgan ochiq va xalqparvar siyosatni ro‘yobga chiqarish, OAV vakillari va blogerlar bilan yaqin hamkorlikda ishlab, mavjud muammolarni hal etilishini ta’minlash, dasturlar va chora-tadbirlar ijrosi ustidan shaffof jamoatchilik nazoratini o‘rnatish ishlarini yangi bosqichda amalga oshirish topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/