Ulug‘bek Qosimov: “Tartib-intizomga rioya etish ishimizda sifat va unum bo‘lishini ta’minlaydi!”

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” o‘tkazildi. Yig‘ilish avvalida 5 ta tumanga yangi tayinlangan Soliq inspeksiyasi boshliqlari tanishtirildi. Kun tartibida ijro intizomi, tashriflarda berilgan vazifalar, hududlarda belgilangan topshiriqlar, kuz-qish mavsumi, “Yashil makon”, “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturlari ijrosi hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.

– Faoliyatimizda eng avvalo tartib-intizomga qat’iy rioya etishga o‘rganishimiz kerak. Shundagina ishimizda unum, belgilangan vazifalar ijrosida sifat bo‘ladi – deya ta’kidladi viloyat rahbari.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan hududlar va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi. O‘rganishlar natijasida tayyorlangan tahlillarga asosan joriy haftada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangi vazifalar belgilab berildi. Ishchi guruhlar tomonidan ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari tanqidiy ko‘rib chiqilib, bu borada kamchiliklarga yo‘l qo‘gan mas’ullar qat’iy ogohlantirildi va ularga uch kun muddatda ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni bartaraf etish vazifasi yuklandi.

Viloyat rahbari belgilab berilayotgan har bir topshiriq ijrosi qat’iy nazorat ostida ekanligini, natijasi ishchi guruhlar tomonidan doimiy o‘rganilayotganligini ma’lum qildi.

 

6 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/