Prezident topshirig‘i ijrosi: Aholini arzon va sifatli mahalliy dori-darmonlar bilan ta’minlash ko‘lami oshiriladi

Kuni-kecha Prezidentimiz huzurida farmasevtika va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarishni yanada qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishida hamda davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17 noyabr kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida aholi salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini tadbiq etishda "Surxondaryo tajribasi"ni yaratish borasida berilgan topshiriqlari yuzasidan bugun sog‘liqni saqlash va farmasevtika xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Viloyat, shahar va tumanlar studiyalari orqali videokonfrensaloqa tarzida o‘tkazilgan seminarni viloyat hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov va sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abduvohidovlar olib borishdi. Seminar ishtirokchilariga Prezidentimiz tomonidan farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish, talab yuqori bo‘lgan dori-darmonlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda aholini o‘zimizda mavjud, nojo‘ya ta’sirlari kam, tabiiy giyohlardan ishlab chiqarilgan dori vositalari bilan ta’minlash ko‘lamini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlari yetkazildi va mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, aholiga sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida bemorlarga berilayotgan dorilar “retsepti” va dorixonalarda sotilayotgan, talab yuqori bo‘lgan dori-darmonlar, vositalarning narx-navosini doimiy nazorat qilib borish masalalari hamda mahalliy dori-darmon va tibbiy vositalar ishlab chiqaruvchilar hamda dorixona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan mavjud muammolar muhokama qilindi.

Seminar so‘ngida tajribali tibbiyot xodimlari va va farmasevtlardan iborat viloyat kengashini tuzish, ularning tavsiyalari asosida aholi salomatligini asrash va sifatli dori-darmonlar bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlar belgilab olindi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/