Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam!

Bugun viloyat Yoshlar markazida “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan “Mening Konstitutsiyam!” mavzusida viloyatdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar va faol fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari G.Amirova, Oliy majlis senati a’zosi O.Soatov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Abduraimov o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Davra suhbatida ishtirokchilarga Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan ko‘zlangan maqsad, aholi tomonidan bildirilayotgan takliflarning Konstitutsiyaviy komissiyada ko‘rib chiqilishi, qabul qilinishi bo‘yicha olib borilgan ishlar, amalga oshirilayotgan jarayonlar haqida tushunchalar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.