O‘zbekiston insonparvarlik yordami Afg‘oniston tomoniga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Afg‘onistonga yuborilgan navbatdagi insonparvarlik yordami afg‘on tomoniga topshirildi.

Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar qilishicha (https://kun.uz/75396623), bunda Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila oqibatida jabr ko‘rganlarga ko‘mak ko‘rsatish maqsad qilingan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatulla Ergashev rahbarligidagi delegatsiya Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yetkazgan. O‘zbekiston tomonini Afg‘oniston Madaniyat vaziri va Favqulodda vaziyatlar vaziri kutib olgan.

Bugun, 25 iyun kuni insonparvarlik yordamining 37 tonnasi olib borilgan bo‘lsa, ertaga, 26 iyun kuni yana 37 tonna yetkaziladi.

Insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur predmetlar va medikamentlardan iborat.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.