Surxondaryo viloyati hokimligi
Viloyat hokimi To‘ra Bobolov mahalla raislari bilan uchrashdi

Ayni kunlarda Termiz davlat universiteti o‘quv binosida viloyatimizdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun mahallabay ishlash tizimini shakllantirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, aholi muammolarini mahallada hal etish masalalarini o‘z ichiga olgan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov o‘quv seminarining birinchi bosqichida bilim va ko‘nikmalarini oshirayotgan 200 nafardan ziyod mahalla raislari bilan muloqot qildi.

Viloyat hokimligi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan mahalla tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida atroflicha fikr bildirildi.

Viloyat rahbari mahalla raislari xalqimizni rozi qilish yo‘lidagi islohotlarni har bir xonadonga olib kirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishlarini ta’kidladi.

Samimiy va ochiq tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mahalla raislari o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga atroflicha javob oldilar.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.