Rasmiy munosabat

Bugun qator sayt va telegram kanallarida Sariosiyo tumani “Karsh” mahallasidagi maktabga boruvchi yo‘l bo‘yicha videomurojaat tarqaldi. Holat viloyat hokimi tomonidan tashvishli qabul qilindi va muammoni darhol o‘rganib, yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish ko‘rsatmasi berildi.

“Karsh” mahallasi Sariosiyo tumani markazidan qariyb 70 km uzoqlikda, tog‘li hududda joylashgan bo‘lib, 487 nafar fuqaro 91 ta xonadonda istiqomat qiladi. Mahalladagi 80 o‘rinli maktab 2018 yilda qurilgan va hozirda barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan. 2022-2023-yillar davomida mahallaga transport borishi uchun 11 km uzunlikdagi tog‘li hudud orqali yangi yo‘l ochilgan. Mahallaning 5 km ichki yo‘llari toshlanib, ta’mirlangan. Shunga qaramay videodagi ichki yo‘lda noqonuniy qurilmalar sababli ta’mirlash ishlari bajarilmay qolib ketgan.

Yo‘llar, mahallalardagi infratuzilmani rivojlantirish avvalo aholi farovonligini yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan bo‘lib, bolalarning sifatli ta’lim olishi hamda xavfsiz va qulay yo‘llardan maktabga borishlarini ta’minlash bizning vazifamiz.

Biroq, ayni hozirgi kunlarda “Karsh” mahallasiga boruvchi yo‘l to‘liq qor bilan qoplanganligi sababli transportning hududga borish imkoniyati yo‘q. Viloyat hokimining ko‘rsatmasi bilan “Karsh” mahallasidagi maktabga boruvchi ichki yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilayotgan bo‘lib, yo‘ldagi qor qoplami erigach, ta’mirlash ishlari boshlanadi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar xususida jamoatchilikka qo‘shimcha axborot beriladi.

Shu o‘rinda Surxondaryoning olis, tog‘li hududidagi yo‘l muammosini olib chiqib, bolalar ta’limiga e’tiborsiz bo‘lmagan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://aktasidangma.gkjw.or.id/aset/js/sgacor/https://perpustakaan.poltekkesjkt2.ac.id/wp-content/plugins/https://tendik.unand.ac.id/images/https://aktasidangma.gkjw.or.id/vendor/sgacor/https://tendik.unand.ac.id/images/sgacor/