Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsiya va uning oqibatlari, vujudga kelish tarixi, bugungi xalqaro jamoatchilikning korrupsiyaga qarshi faoliyati va O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish, sog‘lom investitsion muhitni yaratish, xalq manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar davomida shuningdek, korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish, ya’ni korrupsiya mansab, mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha jinoyatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi illat ekanligi aytib o‘tildi.
O‘quv seminari yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutasaddilardan javoblar olishdi.