Beshta tumanda paxta yig‘im-terim ishlari bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov paxta yig‘im-terim ishlari bilan tanishish maqsadida Angor, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlariga tashrif buyurdi. Dastlab, Angor tumanida fermer xo‘jaligi dalasida Xitoydan keltirilgan yangi paxta terish mashinalarining ish jarayonlari bilan tanishildi.

Mashinaning ish faoliyati bilan tanishgan viloyat rahbari xitoylik yetkazib beruvchilar bilan suhbatlashdi. Ish samaradorligi va unumdorligi yuqori bo‘lgan ushbu terim mashinalaridan yana keltirilishi, keyingi mavsumlarda g‘o‘za qator oraliqlari terim mashinalariga moslanishi qayd etildi.

Shuningdek, boshqa hududlarda ham terim jarayonlarining borishi hamda paxta hosildorligi bilan tanishgan viloyat rahbari ilg‘or terimchilarga sovg‘alar topshirdi.

Mutasaddilarga yig‘im-terim ishlarini jadallashtirish, terimchilar uchun dalaning o‘zida sharoit yaratish hamda terim pullarini kunlik tarqatishni yo‘lga qo‘yish vazifalari topshirildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.