Hokim yordamchilari Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uskunalari bilan tanishmoqda

Sariosiyo tumanidagi mavjud 61 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyatini boshlagan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari Toshkent shahridagi savdo markazlarida bo‘lib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uskunalari bilan yaqindan tanishishmoqda.

Toshkent shahri bo‘ylab tashkil etilgan safardan ko‘zlangan maqsad – kelgusida mahallalarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarga kerakli texnik vositalarni yetkazib, ish unumdorligini oshirish hamda qulay shart-sharoit yaratish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.