Aziz surxondaryoliklar hamda vohamiz mehmonlari!

Barchangizni joriy yilning 19 mart kuni Termiz tumanidagi “Otchopar” mavzesida bo‘lib o‘tadigan viloyatning asosiy Navro‘z bayrami tantanalariga taklif etamiz!

Bu yilgi bayram tadbirlari umumxalq sayli sifatida har yilgidanda ko‘tarinki ruhda keng nishonlanadi.

Bayram munosabati bilan Termiz shahri, tumanlar, yirik korxona-tashkilot va muassasalar uchun ajratilgan qo‘rg‘onlarda folklor jamoalarning chiqishlari, etnosport o‘yinlari, bahorning tansiq taomlari, hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmalari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida taniqli san’atkorlar, baxshilar, askiyachi va qiziqchilar, dorbozlar va yosh ijrochilarning chiqishlari, turli sport musobaqalari, milliy o‘yinlar namoyish etiladi.

Umumxalq sayli soat 09:00 dan 17:00ga qadar davom etadi.