Qurbon hayiti xayru saxovat bayrami

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyatidagi vakilligi bilan hamkorlikda Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Muborak qurbon hayiti xayru saxovat bayrami” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Aliakbar Sayfiddinov, aholi vakillari va yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirda Qurbon hayiti bayramini xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda ixcham va tartibli o‘tkazish, mutaxassislarni jalb etgan holda viloyat bo‘ylab aholi o‘rtasida bayram kunlari ogohlikni, hushyorlikni oshirish hamda sun’iy tirbandliklar va noqulayliklar yuzaga kelmasligi uchun transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligi ta’kidlandi.