Diqqat e’lon!

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining bo‘shab qolgan o‘rniga deputat saylovi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 93-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasining 2022 yil 21 dekabrdagi qaroriga muvofiq hamda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2022 yil 21 dekabrdagi VI-64-283-8-0-K/22-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashining 36-Yangibozor saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa 2023 yil 29 yanvar kuni deputat saylovi o‘tkaziladi.

Sho‘rchi tumanidagi 36-Yangibozor saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovi mazkur saylov okrugi hududida yangi tashkil etiladigan saylov uchastkalarida O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi talablariga muvofiq o‘tkaziladi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov Komissiyasi