“Yashil makon” – Ona tabiatimizni asrashga o‘z hissangizni qo‘shing!
BMTning taraqqiyot dasturi, UNECE, BMT qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi, Ekologiya davlat qo‘mitasi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sherobod tumanlari hududlarida jami 100 gektar maydonda “Yashil makon” – Ona tabiatimizni asrashga o‘z hissangizni qo‘shing!” shiori ostida 260 ming tup saksovul hamda turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun aksiya doirasida Termiz tumanida ko‘chat ekish tadbirlari boshlandi. Aksiya doirasida tuman hududida tayyorlangan 2,6 gektar yer maydonida 1 ming 800 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi xodimlari hamda afg‘onistonlik ko‘ngillilar ishtirok etishdi.