Rasmiy munosabat
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Surxon sohili” mahallasida fuqaroning sovuq va qorda tashqarida yotgani holati aks etgan video tarqaldi.
Ushbu holat Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi qoshida tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda, haqiqatda 1957 yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan fuqaro Q.J. “Surxon sohili” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar yonidagi qo‘shimcha binoda yashab kelgan. Shu kuni (tasvirga olingan kuni) erta tongda sog‘ligi yomonlashgani uchun shu yerdagi krovatda yotib, uxlab qolgan vaqtida qo‘shnisi tomonidan telefon vositasida tasvirga olingan. Fuqaro 2010 yilgacha "Nurli diyor" mahallasidagi "barak" (umumiy) uylarda yashagan va uy-joylar buzilgach, "Surxon sohili" mahallasidan uy olib ko‘chib kelgan. Mazkur uyni esa opasi sotib yuborganligi sababli uyni xarid qilganlar Q.Jni chiqarib yuborgan. Opasi vafot etgan, uning farzandlari Rossiya davlatiga ishlash uchun ketgan va tog‘asidan xabar olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Fuqaro video tarqatilgan kunning o‘zida tuman tibbiyot birlashmasining nevrologiya bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda uning salomatligi qoniqarli ahvolda.
Shu o‘rinda, ushbu holatga befarq bo‘lmagan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorchiligimizni bildiramiz.