Termiz tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi
Avval xabar berilganidek, Termiz tumani “Yangiobod” mahallasida 55,5 gektar, shundan 28,5 gektar “Yangi O‘zbekiston” massivi, 27,0 gektar “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini o‘z ichiga olgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bugun ushbu loyihaga start berildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, qurilish ishlarining tamal toshini qo‘yib berdi.
“Yangi O‘zbekiston” massivida jami 74 ta ko‘p qavatli, 6 280 ta xonadonli turar-joylar, shuningdek, 2 640 o‘rinli 2 ta maktab, 420 o‘rinli 2 ta bog‘cha, 200 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinika hamda mahalla markazi ham qurilishi belgilangan.
Termiz tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivining birinchi bosqichida 18 ta ko‘p qavatli, 1 980 ta xonadonli turar-joylar quriladi.