Tadbirkorlar qabulidagi ayrim masalalar joyiga borgan holda o‘rganiladi
Bugun viloyat hokimi tabirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni tinglash, mas’ullar ishtirokida o‘rganib chiqish va yechim topish maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.
Unda, 20 nafar tadbirkorning 25 ta masaladagi muammo, shikoyat va murojaatlari hamda yangi loyihalar yuzasidan tashabbuslari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning 4 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi.
Shuningdek, viloyat hokimi ayrim masalalar kun davomida joyiga borgan holda o‘rganilishi, masalaning yechimi mas’ullar ishtirokida manzilda ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
“Tadbirkorlar qabuli”da ishtirok etish uchun haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:
(+99876) 225 12 37;
(+99891) 585 02 42;
(+99890) 645 53 80.