Eʼlon!!!
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʼbek Qosimovning aholi muammolarini oʼrganish, murojaatlarini tinglash maqsadida bugun, 3 iyunь kuni soat 17:30 dan boshlab Oltinsoy tumani "Ekraz" mahallasi hududidagi 56-sonli maktab binosida tuman aholisi bilan uchrashuvi boʼlib oʼtadi.
Sayyor qabulda faqatgina Oltinsoy tumani fuqarolarining murojaatlari qabul qilinadi.
Izoh: Qabulga kelgan va roʼyxatdan oʼtgan barcha fuqarolarning murojaatlarini tinglash hamda hal etish choralarini koʼrish maqsadida qabul oʼtkazilayotgan hudud fuqarolari roʼyxatga olinadi. Ommaviy sayyor qabullar navbat bilan viloyatning barcha hududlarida oʼtkaziladi.