Sherobod tumani markaziga kirib boruvchi 4R-23J avtomobil yoʼlining 6 kilometr qismini toʼliq rekonstruktsiya qilish boʼyicha dastur qabul qilingan boʼlib, loyihani amalga oshirish 2019-2024 yillarga moʼljallangan.

Umumiy qiymati 78,2 mlrd soʼm boʼlgan ushbu loyihaning birinchi bosqichida yoʼlning 2 kilometr qismi toʼliq rekonstruktsiya qilindi. Yoʼlda 200 dona tungi yoritish chiroqlari, yoʼl oʼqida ajratuvchi “bardyor” va suv qochirish ariqlari oʼrnatish, piyodalar yoʼlakchasini qurish, asfalt qoplama yotqizish ishlari bajarildi.

Bugun yoʼlning ushbu qismi foydalanishga topshirildi. Tantanali marosimda viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov, tuman mutasaddilari, nuroniylar, faollar va yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Nuroniy otaxonlar yurtimiz tinchligi, obodligi va farovonligini, yangi yoʼlning koʼp yillar xalqimizga xizmat qilishini soʼrab duoga qoʼl ochishdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati