Аngor tumanida 90 nafar ishsiz fuqaroga takroriy ekin uchun yer maydoni ajratildi
Xabar berilganidek, viloyat boʼylab gʼalladan boʼshagan maydonlar takroriy ekin ekish va darmad olish uchun ishsiz, “daftarlar”da turgan fuqarolarga ajratib berilmoqda. Bugun ham Аngor tumani “Chinobod” mahallasida “Zamin Аngor klaster” MChJning gʼalladan boʼshagan 18 gektar maydoni 20 sotixdan 90 nafar fuqaroga ajratib berildi.
Tadbirda viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ishtirok etib, klaster ishchilari, nuroniylar va fuqarolar bilan uchrashdi. Аjratib berilayotgan yer maydonlari ekin ekishga tayyor holda shudgorlanib, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida hosildor urugʼlari bilan ajratildi. Shuningdek, tumanning “Navshahar”, “Chinobod” va “Doʼstlik” mahallalarida istiqomat qiluvchi, koʼmakka muhtoj, “daftarlar”da turgan 210 ta oilaga bugʼdoy tarqatildi.