Bugun viloyat hokimi hududlarga tashrifi davomida Qiziriq tumanida ham boʼlib, tumanda faoliyat olib borayotgan "Surxon cotton textile cluster" MChJning gʼalladan boʼshagan maydonlarini takroriy ekin ekish uchun 150 nafar yoshlarga ajratib berish tadbirida ishtirok etdi.
Qiziriqda ham yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlari ekin ekishga tayyor holda urugʼlari bilan birga berildi. Shuningdek, kam taʼminlangan, koʼmakka muhtoj boʼlgan oilalarning 50 tasiga klaster tomonidan 200 kilogramdan bugʼdoy tarqatildi.