“Mehr daftari”dagi yana bir yosh uy-joyli boʼldi
Yurtimizda yetim va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarga qaratilayotgan alohida eʼtibor va mehr-muruvvat sabab, bugun “Mehr daftari”ga kiritilgan, “Mehribonlik uyi”dan keyin Termiz davlat universiteti yotoqxonasida yashab kelgan Valijon Ravshanov oʼzining uy-joyiga ega boʼldi.
Bugun viloyat hokimligi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida oʼtgan tadbirda Valijonga Termiz shahri “Guliston” mahallasidagi koʼp qavatli turar-joylarning birida joylashgan, zamonaviy shart-sharoitlar bilan taʼminlangan, yangi 2 xonali xonadon kaliti va hujjatlari tantanali topshirildi.
Termiz davlat universitetini bitirayotgan, yangi uy-joyli boʼlgan Valijon davlatimiz tomonidan koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrlikdan minnatdor ekanligini bildirdi.