Termiz shahrida 9 qavatli turar joy va 200 oʼrinli klinika loyihasi bilan tanishildi

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz shahrida qurilishi olib borilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida “Аlpomish” mahallasida boʼldi. Hududdagi sobiq dehqon va oziq-ovqat bozori oʼrnidan “Smart Hous Building” MChJ tomonidan 9 qavatli turar-joy va 200 oʼrinli klinika qurilmoqda.

Viloyat rahbari mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini koʼzdan kechirdi. Loyiha tashabbuskori bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashdi. Аholining turar-joy va sifatli tibbiy xizmatga boʼlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilishi maqsad qilingan ushbu loyihani sifatli amalga oshirish boʼyicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, shu yerning oʼzida “Urgut Termiz Аloqa” MChJ tomonidan barpo etilayotgan koʼp qavatli turar va noturar joy binolari qurilishi loyihasi taqdimot qilinib, loyihadagi mavjud muammolar toʼgʼrisida axborot berildi.

Masʼullarga har ikkala loyihadagi mavjud muammolarni batafsil oʼrganib tegishli tartibda hal etish topshirigʼi berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati