Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Boysun tumaniga tashrifining keyingi manzilida “Azia construction” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan alyuminiy eshik-romlar, mebellar ishlab chiqarish loyihasi faoliyati bilan tanishdi.

Toʼliq toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiya jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 200 ming dollarni tashkil etadi. Yillik 3,5 mlrd soʼmlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada 20 ta yangi ish oʼrinlari yaratilgan.

Viloyat rahbari korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda tayyor mahsulotlar sifati bilan tanishdi va tadbirkor bilan suhbatlashdi. Loyihani kengaytirish, talab yuqori boʼlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish va ish oʼrinlari sonini oshirish boʼyicha zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati