Boysunda qiymati 7 mlrd soʼmlik zamonaviy klinika ishga tushirilmoqda

Boysun tumani “Obi” mahallasida “Imomqulov Аdhamjon” MChJ tomonidan davolash, diagnostika va laboratoriya xizmatlarini oʼz ichiga olgan zamonaviy klinika bunyod etilgan. Hozirda loyiha qiymati 7 mlrd soʼm boʼlgan klinikani jihozlash, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar oʼrnatish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov mazkur klinikada olib borilayotgan ishlar, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi. Аholiga sifatli tibbiy xizmat koʼrsatish maqsadida malakali mutaxassislar faoliyatini yoʼlga qoʼyish boʼyicha tavsiya va koʼrsatmalar berildi.

Klinika joriy yil 4-choragida ish boshlashi rejalashtirilgan boʼlib, yiliga 3 ming nafar qatnovchiga xizmat koʼrsatadi va 30 ta yangi ish oʼrinlari yaratiladi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati