Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Qiziriq tumanida boʼlib, “Yangi turmush” mahallasida yashovchi Normurod Kenjaev tomonidan yoʼlga qoʼyilgan gul koʼchatlari yetishtirish va gilam toʼqish faoliyati bilan tanishdi.

Fuqaro tomonidan yashash xonadonida tashkil etilgan issiqxonada 3 nafar, gilam toʼqish sexida kasanachilik asosida 8 nafar “daftarlar”da turgan xotin-qizlar ish bilan taʼminlagan.

Viloyat hokimi oilaviy tadbirkorning gulchilik faoliyatini yuqori baholab, tuman masʼullariga ushbu tajribani ommalashtirish, mahallada gul koʼchatlari yetishtirish loyihalarini koʼpaytirish topshirigʼini berdi. Shuningdek, tadbirkorning kasanachilik faoliyatini kengaytirish uchun joy masalasidagi murojaatiga asosan yangi 60 kishilik joyga koʼchirish boʼyicha tuman hokimiga vazifalar yuklandi.

Hozirda tadbirkor tomonidan issiqxonada 60 ming dona gul koʼchatlari yetishtirilgan va bozorgir toʼqima gilamlar ishlab chiqarilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati