Termiz tumanida 2 000 ta yakka tartibda uy-joy qurilishiga start berildi
Termiz tumani “Surxon Doʼstlik” massividagi 100 gektar maydonda, bir va ikki qavatli 2 000 ta uy-joy quriladi. Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz tumanida boʼlib, mazkur massiv qurilishiga start berdi. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishib, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish, hududda barcha infratuzilmalarni hisobga olish boʼyicha vazifalarni belgilab berdi.
Massivda, shuningdek, maktab, bogʼcha, mahalla guzari, tibbiyot markazi, savdo va xizmat koʼrsatish markazlari barpo etiladi. Uy-joylar 3 kVt lik quyosh panellari, 200 litrlik suv isitish qurilmalari, koʼmirda isitiladigan tizim bilan taʼminlanadi va toʼliq bazalt qoplamasi bilan qoplanadi.
Loyihani boshlash oldidan ehson uchun jonliq soʼyilib, qurʼon tilovat qilindi.