Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Roʼzi Choriev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida boʼlib, oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga kirish test sinovlarini tashkil etish jarayonlari bilan tanishdi.

Maktab-internatida test sinovlari oʼtkaziladigan xonalar, abiturientlarning ota-onalari va yaqinlari uchun kutish joylari namunali tashkil etilgan. Viloyat rahbari shu yerning oʼzida oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan ham uchrashuv oʼtkazib, test sinovlari oʼtkaziladigan obʼektlarni shay holatga keltirish, sinovlarni belgilangan tartiblarda tashkil etish masalalari muhokama qilindi va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shundan soʼng, viloyat rahbari Termiz shahridagi yer maydonlari va bino-inshootlaridan samarasiz foydalanilayotgan obʼektlar mavjud boʼlgan "Saxovat" va "Navroʼz" mahallalarida boʼldi. Obʼektlardan samarali foydalanishni yoʼlga qoʼyish boʼyicha yoʼl xaritalari ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini nazorat qlish boʼyicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati