Yoʼllarni asfaltlash, koʼcha va qabristonlar obodonligi, yashil hududlarni barpo etish ishlari – Termiz shahrida topshiriqlar ijrosi oʼrganildi

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz shahrida ikkita mahalla va bitta koʼchada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosini oʼrgandi.

“Chegarachi” va “Manguzar” mahallalarida ichki yoʼllarni astfaltlash jarayonlari, hududda joylashgan qabristonning obodligi, koʼchalarni tartib keltirish, chiqindilardan tozalash va yoʼlaklar qurish ishlarini koʼzdan kechirdi, dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosi bilan tanishdi. Masʼullarga mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʼyicha yangi vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Аlisher Navoiy koʼchasida joylashgan avtomobil yoʼlining rekonstruktsiya ishlari bilan ham tanishilib, yoʼllarni sifatli taʼmirlash, yoʼlboʼyi infratuzilmasini yaxshilash, yashil hududlar tashkil etish boʼyicha yoʼlsozlarga qator koʼrsatmalar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati