Rasmiy munosabat
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanidagi “Degraz” suv omboriga keluvchi betonlangan kanalning o‘pirilib tushgani aks etgan videolavha e’lon qilindi. Ushbu holatni o‘rganish, o‘pirilish sabablarini aniqlash va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi tuzilib, hududga yuborildi.
Hozirda hududda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘rganish ishlari olib borilayotganligini, o‘rganish natijalari, ko‘rilgan choralar va amalga oshirilgan ish yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz.