Surxondaryoda 1-sinfga qabul qilinayotgan o‘quvchilar uchun 62 ming 956 ta “Prezident sovg‘asi” umumta’lim maktablariga to‘liq yetkazib berildi

Bu yil Surxondaryo viloyatida 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan  62 956 nafar bolalar uchun “Prezident sovg‘asi” tizimli tartibda, belgilangan talablarga muvofiq Termiz shahri va tumanlar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limlari orqali umumta’lim maktablariga yetkazib berildi.

Hozirda yetkazib berilgan o‘quv qurollari jamlanmalari yangi o‘quv yilining ilk kunidan 1-sinf o‘quvchilariga topshirish uchun tayyor holatga keltirildi.

1- sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:

 O‘quvchi sumkasi;

 12 dona daftar;

 Rasm daftari;

 Akvarel bo‘yoqlari;

 Rangli qog‘oz;

 Qalamdon;

 Sharikli ruchka;

 Rangli qalam;

 2 dona oddiy qalam;

 Plastilin;

 Yelim;

 2 dona o‘chirg‘ich.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati