Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumida aholi ehtiyojlari uchun 80 ming 786 tonna ko‘mir mahsulotlari olib kelinishi rejalashtirilgan

Shundan, hozirga qadar:

- 14 ming 745 tonna ko‘mir omborxonalarga keltirildi;

- 8 ming 915 tonnasi aholiga qat’iy belgilangan narxlarda sotildi;

- 5 ming 830 tonna ko‘mir zahirasi mavjud.

Shuningdek, mavsum davomida aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, rejalashtirilgan hajmdagi ko‘mirning qolgan qismi ko‘mir omborxonalariga yetkazib beriladi.

 

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati