Infografika: Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy va investitsion ko‘rsatkichlari

2017-2022 yillar davomida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti hajmi (YaHM) 31,2 foizga oshib, 14,4 trln so‘mdan 34,9 trln so‘mga yetdi.

Viloyat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha respublikada salmoqli o‘ringa ega. Oxirgi 6 yil mobaynida viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 18 foizga oshib, 11,8 trln so‘mdan 28,0 trln so‘mga yetdi.

Bozor xizmatlari hajmi 1,9 baravarga ko‘payib, 4,5 trln so‘mdan 12,9 trln so‘mga yetdi.

Viloyatda sanoat sohasida investitsiyalarni jalb qilinishi, ilgari mavjud bo‘lmagan qurilish materiallari, charm-poyabzal, elektr texnikasi kabi yangi sanoat tarmoqlarining yaratilishi natijasida sanoat ishlab chiqarish hajmi 2,4 trln so‘mdan 7,3 trln so‘mga yetdi yoki 38,7 foiz o‘sdi.

Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 21,2 mingtadan 35,6 mingtaga yetdi yoki 1,7 baravarga ko‘paydi.

Surxondaryo viloyatida 6 yil davomida 5 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati