Ekoturizm maskanida suv ustida 400 kishilik tantanalar saroyi qurilmoqda
Termiz tumanida “Surxon FISH agroprom” MChJ tomonidan ekoturizm maskani faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Umumiy maydoni 6 gektarlik koʼl boʼyida joylashgan restoran, asosan baliq mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar taklif qilinadigan maskan oʼziga xos tabiati bilan ajralib turadi.
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ushbu ekoturizm maskanida boʼlib, uning faoliyati va yangidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Hududda 400 kishilik suv ustida turli bayram, toʼy va marosimlar oʼtkazishga moʼljallangan loyiha qurilishi olib borilmoqda.
Viloyat rahbari hududni yanada rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini koʼpaytirish borasida oʼzining taklif va tavsiyalarini berdi.