Jarqoʼrgʼonda terim jarayonlari bilan tanishildi
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov hududlarga tashrifini Jarqoʼrgʼon tumanida davom ettirib, tumanning “Ismoiltepa ziroatchi” hududida joylashgan “Jarqoʼrgʼon” fermer xoʼjaligining 37 gektar maydonda yetishtirilgan ingichka tolali paxta hosili bilan tanishdi va yigʼim-terim jarayonlarini koʼzdan kechirdi.
Sanoatda keng foydalaniladigan ingichka tolali paxtaga jahon bozorida talab katta boʼlib, boshqa turdagi paxta tolasiga nisbatan yuqori narxlarda sotiladi. Hozirda viloyatimizning qator hududalarida vohaning issiq iqlim sharoitiga mos boʼlgan navlarni yetishtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, viloyatda ingichka tolali paxtani qayta ishlash korxonasi bunyod etilmoqda.
Viloyat rahbari terimchilar bilan ham suhbatlashib, gʼoʼza parvarishida mehnat qilgan mexanizator va suvchilar hamda ilgʼor terimchilarga sovgʼalar topshirdi.