Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov paxta yigʼim-terim ishlari bilan tanishuvni Аngor tumanida davom ettirdi.

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov paxta yigʼim-terim ishlari bilan tanishuvni Аngor tumanida davom ettirdi. Tumandagi “Qoraqir tomchilari” fermer xoʼjaligi paxta dalasida terimchilar, mexanizatorlar va suvchilar bilan suhbatlashdi hamda mashaqqatli mehnatlarini ragʼbatlantirish maqsadida sovgʼalar topshirdi.

Umumiy maydoni 55,1 gektar boʼlgan fermer xoʼjaligi tomonidan 17 gektar maydonda paxtaning "Termiz-202" navi yetishtirilgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati