Termiz shahri va Termiz tumanida topshiriqlar ijrosi oʼrganildi
Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov masʼullar bilan birga Termiz shahri va Termiz tumanidagi avtomobil yoʼllari va koʼchalar boʼylab obodonlashtirish, koʼp qavatli uylarni taʼmirlash ishlarining borishi, yashil hududlarni kengaytirish va gul koʼchatlari ekish jarayonlari bilan tanishdi.
Shuningdek, Termiz shahri mahallalarida hamda Ibn Sino, Istiqlol, Barkamol avlod, Islom Karimov, Аlisher Navoiy koʼchalarida infratuzilmani yaxshilash, yoʼllar va yoʼlaklarni taʼmirlash, mahalla guzari, bolalar maydonchalari qurish ishlari koʼzdan kechirildi.
Termiz shahri va Termiz tumani hokimlari olib borilayotgan ishlar va berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan manzillarda axborot berishdi. Mutasaddilarga yoʼlboʼyi infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish boʼyicha yangi vazifalar belgilab berildi.