Ulugʼbek Qosimov: Kelajak avlod oldida qarzdor boʼlmasligimiz va musaffo tabiatni asrashimiz uchun bugun koʼproq daraxt ekishimiz kerak!

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz tumanining “Yangiobod” mahallasi hududidagi 40 gektar maydonda tashkil etilayotgan “Hokimlik bogʼi”ga tashrif buyurib, viloyatning 15 ta hududida tashkil etilgan hokimlik bogʼlariga koʼchat ekish ishlariga start berdi.

Hududlardagi masʼullar bilan videokonfrentsaloqa shaklida muloqot qilinib, kuzgi daraxt ekish mavsumini uyushqoqlik bilan oʼtkazish, voha iqlimidan kelib chiqqan holda koʼchatlarni tanlash, sifatli ekish, vaqtida parvarishlash va sugʼorish uchun masʼullar biriktirish boʼyicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Shundan soʼng, viloyat rahbari yangi bogʼ hududida koʼchat ekish ishlarini boshlab berdi. Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumi qizgʼin davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati